Samandar Atoev huquqshunos
Samandar Atoev

Qadrli o‘quvchi,

siz mening shaxsiy vebsaytimdasiz. Balki bu yerga men haqimda ko‘proq bilishni istab kelib qolgandirsiz. Unda o‘zimni qisqacha tanishtirsam.

 

Kasbim huquqshunos. Toshkentda Xalqaro huquq (LL.B., JIDU) va Saarbrückenda Germaniya huquqi (LL.M., UdS) bo‘yicha tahsil olganman. Kasbiy amaliyotimda advokatlik, o‘qituvchilik (WIUT), shu jumladan, online-ta’lim bilan va huquqiy loyihalarni (UNDP O‘zbekiston, GIZ Toshkent) boshqarish bilan shug‘ullanganman. Hozirda Saarland Universitetida huquq sohasida ilmiy tadqiqot olib bormoqdaman.

Mening shaxsiy va kasbiy qiziqishlarim to‘g‘risida saytimda chop etilgan maqola va xabarlar orqali bilib olishingiz mumkin. Meni qiziqtirgan mavzularning ayrimlarini shu o‘rinda sanab o‘taman:

– intellektual mulk huquqi;

– axborot texnologiyalari huquqi;

– huquqiy ta’lim va huquqiy savodxonlik;

– qonunchilik amaliyoti;

– huquqiy loyihalarni boshqarish.

 

Mening ilmiy va ommabop maqolalarim bilan boshqa vebsaytlarim va loyihalarim orqali ham tanishishingiz mumkin. Ushbu vebsaytda ko‘proq shaxsiy qiziqishlarim bilan ham bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu vebsaytda o‘z fikrlarim va ma’lumotlarni asosan ona tilim – o‘zbek tilida taqdim etaman. Vebsaytimdan foydalanishda sizga qulaylik yaratish uchun ayrim ma’lumotlarni rus, ingliz va nemis tillarida ham berib borishga harakat qilaman.

 

Men bilan bog‘lanish:

E-pochta: s_atoev [at] yahoo.co.uk

 

Vebsayt va loyihalar:

samandar.uz (samandar.de)

iplex.uz

juristendialog.de

juristendialog.com

 

Yangilangan: 21.08.2015